Eron hukumatining iqtisodiyoti og‘ir ahvolda qolayotgan bir paytda mamlakatda yonilg‘i narxini yana oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxi allaqachon keskin oshgan, avvalgi yonilg‘i narxlari ko‘tarilishi esa mamlakatda noroziliklarga sabab bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Eronning 93 mln aholisi uchun katta miqdorda subsidiyalanadigan yonilg‘i ajratish hukumatga og‘irlik qilmoqda. Bunga AQShning Eron portlariga nisbatan bosimi va urushning iqtisodiyotga ta’siri ham qo‘shilgan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Eron yalpi ichki mahsuloti 2026-yilda 5,4 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda.
Narxning oshishiga Eron aholisi qarshi
Mamlakatda benzin narxining oshirilishi avval ham noroziliklarga olib kelgan. Xususan, 2019-yilda butun mamlakat bo‘ylab namoyishlar...