O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga mamlakat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Zelenskiy o‘zining X sahifasida yozdi.
Tabriknoma 24-avgust kuni ukrain tilida yuborilgan. Unda Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va davlat rahbari sifatidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilagan. Ukraina xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilaklari bildirilgan.
Hamkorlikni rivojlantirishga urg‘u berildi
O‘zbekiston prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan aloqalar kelgusida ham izchil davom etishiga ishonch bildirgan.
Vladimir Zelenskiy, o‘z navbatida, tabrik uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Ukraina rahbari O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarni qadrlashini ta’kidlab, savdo, iqtisodiyot...