Toshkent shahrini 2026 – 2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi. Prezident qaroriga ko‘ra, 2031-yil 1-yanvarga qadar poytaxtda eksperiment tariqasida yangi tartiblar joriy etiladi, jumladan, maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq savdo markazlarida kitob do‘konlari tashkil etish majburiy bo‘ladi.
Har bir tuman maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari bilan bog‘lanadi
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi barcha tumanlarni maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari bilan bog‘lash rejalashtirilgan.
Bu orqali tumanlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va yangi loyihalar sonini ko‘paytirish maqsad qilingan. Har bir tumanga loyihalarni joylashtirish uchun maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari hududidan yer maydonlari biriktiriladi. Bu Toshkent shahar hokimi qarori bilan amalga...