Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Dastlabki tekshiruvga ko‘ra, «Oydinobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi to‘rt nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning nomiga kredit ajratilishiga erishgan.
Fuqarolar mahallada yashovchi sifatida ko‘rsatilgan
Departament ma’lumotiga ko‘ra, mazkur fuqarolar aslida Oydinobod mahallasi hududida yashamagan. Shunga qaramay, hokim yordamchisi bankka taqdim etilgan tavsiyanomalarda ularni ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar sifatida ko‘rsatgan. Shu asosda jami 130,2 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratilgan.
Tergovga qadar tekshiruvda ushbu mablag‘lar hokim yordamchisi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborilgani aniqlangani qayd...