«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yin orqali ta’lim-tarbiya jarayonlari joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Farmonga ko‘ra, maktabga tayyorlov guruhlarida ta’lim jarayonlarini oliy ma’lumotli pedagoglar hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalar amalga oshiradi.
Shuningdek, maktabga tayyorlov guruhlarida ta’lim olgan bolalarga 1 yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunadagi elektron sertifikat beriladi va ushbu ma’lumotlar umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomada qayd etiladi.
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari 2026 – 2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat markazlari va Toshkent shahrida bittadan tashkil qilinadi. Ular davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘yin orqali...