Qozog‘istonning Aksu shahrida yashovchi bloger Chevrolet Cobalt avtomobili bir hafta davomida kuchli sovuqda turganidan keyin qanday ishga tushganini ko‘rsatdi.
Uning aytishicha, kechalari havo harorati -36 darajagacha tushgan, kunduzi esa -25 darajadan yuqori bo‘lmagan. Shu kunlarda u mashinani umuman haydamagan, jamoat transportidan foydalangan.
Avtomobilni ishga tushirish oson bo‘lmagan, ammo baribir muvaffaqiyatli chiqqan. Muhim jihati shundaki, akkumulyator shu vaqt davomida uyda saqlangan. Muallif videoda akkumulyatorni uyidan olib chiqib, tashqarida mashinaga o‘rnatadi. Bu sovuqda dvigatelni ishga tushirishga katta yordam bergani ta’kidlanmoqda.
Bir haftalik sovuqdan keyin dvigatel ishga tushgan, biroq darhol to‘liq ishlamagan. Motor sekin qizigan, harorat ko‘rsatkichi dastlab noto‘g‘ri chiqib, faqat...