19-avgust kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilib, kunduzi 43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Toshkent shahrida kechasi harorat 21–23 daraja, kunduzi esa 36–38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida maksimal harorat 40 darajagacha yetadi. Tog‘li hududlarda esa nisbatan salqin, kunduzi 26–31 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa qit’asining katta qismida yoz boshidan beri uchinchi kuchli issiq to‘lqini kuzatilayotgani haqida xabar berilgandi.