Ko‘p kvartirali uylar liftlarining xavfsizligi kuchaytiriladi. Shuningdek, umumiy foydalanishdagi kirish yo‘laklariga split tizimlarini o‘rnatish taqiqlanadi. Bu bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining buyrug‘i bilan kiritilgan tegishli o‘zgartirishlar 14-avgust kuni Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Liftlar doimiy nazoratda bo‘ladi
Yangi tartibga ko‘ra, uylarni boshqaruvchi tashkilotlar liftlarning butun xizmat muddati davomida xavfsiz va soz ishlashini ta’minlashi kerak. Lift faqat texnik xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlash zarurati sabab vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
Boshqaruv tashkilotlari liftlar ustidan dispetcherlik nazoratini ham yo‘lga qo‘yadi. Kabinalar va texnik xonalarda aloqa vositalari bo‘lishi, avariya holatida tezkor xabar berish hamda qutqaruv ishlarini tashkil etish imkoniyati yaratilishi lozim.