Tolibon sakkiz oylik asirlikdan keyin Lord Mayls laqabli britaniyalik blogerni ozod qildi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.
«Tolibon razvedkasi tomonidan 8 oylik qamoqxonada o‘tirish men bilan sodir bo‘lgan eng yaxshi sarguzasht bo‘ldi! Oldingi barcha tvitlarim haqiqat. Ko’p pikniklardan so’ng biz ko’plab komandirlar bilan eng yaqin do’st bo’ldik. Yaxshi yigitlar – ular menga mehmon kabi munosabatda bo’lishdi! Kelasi oy Kobulga qaytaman», – deb yozgan Lord Mayls.
Miles YouTube-da o’z faoliyatini «xavfli turizm» sifatida ko’rsatib, video bloglarini chiqaradi – uning barcha sayohatlari ekstremal joylarda bo’lib o’tadi. Yigit Kobulga 2023-yil boshida kelgan, shundan so‘ng u bir necha oy...