Yangiliklar
Oʻzbekiston AQSh davlat qimmatli qogʻozlariga $35 million sarmoya kiritdi. Bu haqda 25-iyul kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov maʼlum qildi.
Mamlakat 2024-yil may oyidan buyon oʻzining oltin-valyuta zaxiralarida ushbu miqdorni koʻrsatgan.
Eslatib oʻtamiz, may oyida Jahon bankining texnik koʻmak missiyasi doirasida Markaziy bankda xalqaro zaxiralarni diversifikatsiya qilish masalalari boʻyicha treninglar oʻtkazgan edi. Tashrif davomida davlat qimmatli qogʻozlariga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, xorijiy davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish boʻyicha birinchi operatsiyalar amalga oshirildi.
«Kursiv»ning mamlakat davlat qimmatli qogʻozlariga investitsiyalarni diversifikatsiya qiladimi, degan savoliga boshqaruv raisi shunday...
2023-yilda Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborlarda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida shikastlangan BYD rusumli avtomashinalar ta’mirlanib, chegirma bilan sotuvga chiqarildi. Bu haqda BYD Uzbekistan matbuot xizmati xabar berdi.
«BYD Uzbekistan Factory» qo‘shma korxonasi huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan ichki tekshirish ishlari yakunlangach og‘ir shikastlangan ikkita avtomashinani utilizatsiya qilish uchun omborga jo‘natdi. Yengil shikastlangan avtomashinalar esa ta’mirlanib sotiladi.
Shu munosabat bilan, kompaniya transport vositalirini ta’mirlash uchun aprel oyida tender e’lon qilgan edi.
«Ta’kidlash joiz, barcha ta’mirlangan avtomobillar ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazildi. Ushbu avtomobillar tizim korxonalarining ichki ehtiyojlari uchun va shuningdek, shu korxonalarning xodimlari oʻrtasida ta’mirlash...
O‘zbekiston Markaziy banki mamlakat ichki bozoridagi bo‘sh ish o‘rinlari dinamikasini o‘rgandi. Bu haqda MB boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov 25-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aprel oyida kuzatilgan yuqori koʻrsatkichlardan keyin may-iyun oylarida bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha eʼlonlarda kamayish kuzatilgan. Bunga asosiy sabablardan biri mavsumiy o‘zgarishlardir. Ya’ni yoz mavsumida ba’zi sohalarda ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Boshqa bir sababi esa mehnat bozorida ishchilarga boʻlgan talabdagi muvozanatlashuv, deya izohlangan.
Raqamlarga murojaat qilsak, onlayn vakansiyalar soni joriy yilning aprel oyida 45 mingtani tashkil etgan. Iyun oyiga kelib ushbu ko‘rsatkich 20 mingtaga tushib ketgan.
Shuningdek, internet orqali ish...
2024-yilning 2 va 3-oktabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri sahnasida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Stefano Poda rejissyorligidagi «Tamerlano» operasi namoyish etiladi.
Premyera Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Georg Fridrih Gendel musiqasi Kirill Rixter tomonidan zamonaviy talqinda Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi milliy O‘zbekiston milliy simfonik orkestri ijrosida yangraydi.
Gendelning eng buyuk asarlaridan biri hisoblangan «Tamerlano» kompozitor tomonidan 1724-yilning iyulida 20 kun ichida yaratilgan. 2024-yilda ushbu opera o‘zining 300 yoshini nishonlaydi.
«Tamerlano» operasida milliy cholg‘u asboblar ham jaranglaydi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston madaniy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lganini...
Oʻzbekistonda 27-oktabrda parlament saylovlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda 26-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida eʼlon qilindi.
Markaziy saylov komissiya raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev saylov kampaniyasi boshlanganini eʼlon qildi.
Oʻzbekistonda birinchi bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari deputatlarini aralash saylov tizimi, yaʼni majoritar va proporsional tizim asosida oʻtkaziladi.
Yangi tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga boʻlinadi. Quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari boʻyicha majoritar tizim, qolgan 75 nafari proporsional tizim boʻyicha, yaʼni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanadi.
Eslatib oʻtamiz, oxirgi parlament saylovlari 2019-yil dekabrida boʻlib oʻtgandi. Unda OʻzLiDep partiyasi eng koʻp ovoz bilan gʻalaba...
Po‘lat armatura fyucherslari iyul oyida bir tonna uchun 3,2 ming yuandan pastga tushdi. Bu so‘nggi yetti yildagi eng past ko‘rsatkich, deb xabar berdi Trading economics portali.
Bu vaziyatga investorlarning Xitoy hukumati siyosatiga ishonchsizligi sabab bo’ldi. 2024-yilning ikkinchi choragida mamlakat iqtisodiyoti kutilganidan past darajada o‘sdi va uy-joy narxlari to‘qqiz yil ichida eng yuqori darajaga tushdi. Bu ko’chmas mulk inqirozi tufayli anchadan beri kurashayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun bankrotlik xavfini oshirdi.
Qimmatli qog’ozlar bozorlaridagi vaziyatga kelsak, Tesla (+2,77 foiz) va J&J (+2,29%) aksiyalarining o’sishi kuzatilmoqda. Microsoft (-2,47 foiz), Intel (-1,77 foiz) va Meta (-1,45 foiz) qimmatli qog’ozlari pasaymoqda.
Avvalroq «Kursiv» 25-iyul...
Hukumat qaroriga binoan «Zangiota-2» shifoxonasi faoliyati tugatilib, oʻrnida Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil qilinadi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar berdi.
Ushbu shifoxona 500 o‘ringa mo‘ljallanadi va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek unda tibbiy tekshiruvlar va statsionar yordam amalga oshiriladi. Tumandagi tibbiyot birlashmalarga amaliy-metodik ko‘mak berib boriladi.
2024-yil 1-sentyabr sanasiga qadar Bolalar shifoxonasi inshootlarida zarur qurilish-taʼmirlash ishlari olib boriladi. Bu orqali uni bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishga moslashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tibbiyot chiqindilaridan issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi haqida xabar bergan edik.
Sirdaryo viloyatida dunyoga mashhur «Hyundai» kompaniyasining avtomobillarini ishlab chiqarish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda viloyatda joylashgan zavodda Elantra, Tucson, Sonata, Santa Fe, Palisade va Staria rusumli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.
Qayd etish kerakki, mamlakatda soʻnggi yillarda avtomobilsozlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Kia, Chery, BYD kabi mashhur dunyo brendlarining shu yerda ishlab chiqarilayotgani bunga yaqqol misol boʻla oladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar – iyun oylarida 190 786 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarildi.
Avvalroq «Kursiv» Britaniya avtomobil brendi Oʻzbekiston bozoriga kirib kelayotgani haqida xabar bergan edi.
O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari matematika bo‘yicha Singapurda o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada 32 medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» agentligi.
Mamlakatimiz vakillari jami yettita oltin, to‘qqizta kumush va 16ta bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Singapurdagi olimpiadaga Oʻzbekistondan 74 nafar boshlangʻich va oʻrta sinf oʻquvchilari yoʻl oldi.
Bu yilgi Singapur xalqaro matematika olimpiadasida 27 davlatdan 2,2 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari qatnashdi. Tanlovning final bosqichida ishtirok etish uchun bolalar o‘z mamlakatlarida saralash bosqichlaridan o‘tgan edi.
Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonlik o‘quvchi qizning nemis tili bo‘yicha olimpiadada g‘alaba qozongani e’lon qilgan edi.
Joriy yilning 25-iyulida Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida yoqqan kuchli yomg‘ir va do‘l tufayli hududda favqulotda vaziyat yuzaga keldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, tumandagi Shohimardon mahallasidagi Qurkul sel yo‘lidan 15:30 da 1,5-2 m3/s sel oqib o‘tdi. Aholi yashash joyiga zarar yetmadi.
Aynan shu vaqtda Shohimardon qishlog‘idagi tog‘-adirliklarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 4-5 m3/s sel oqimi yuzaga keldi. Buning natijasida qishloqdagi vrachlik punkt hovlisi va 4 ta aholi yashaydigan xonadon hududini qum-shag‘alga to‘ldirdi.
Shuningdek, yana shu vaqtda Tumanning Yordon mahallasidagi Bukan sel yo‘lida 1,5-2 m3/s sel oqimi yuzaga kelgan. Sel o‘z oqimida o‘tib ketgan, undan hech kim zarar ko‘rmagan,
Rossiyaning Kaluga viloyati Oʻzbekistonga Jizzaxdagi kichik atom elektr stansiyasi uchun mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
Bir kun avval O‘zbekiston Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev va Kaluga viloyati gubernatori Vladislav Shapsha o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Hokim Shapshaga loyihani (AES – Tahrir) amalga oshirishda kadrlar tayyorlash, xavfsizlik va infratuzilmani yaratishda yordam so‘rab murojaat qildi», — deyiladi agentlik xabarida.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning yadro markazlaridan biri hisoblangan Obninsk shahriga tashrif buyurdi. U yerda Yadro va turdosh texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ilmiy-ta’lim markazi faoliyat yuritib, soha mutaxassislari tayyorlanadi.
OAV xabariga koʻra, Jizzax viloyatida kichik atom elektr stansiyasi...
Sunʼiy intellekt (SI) yechimlarini ishlab chiqish boʻyicha dunyo yetakchisi OpenAI SearchGPT nomli qidiruv tizimining prototipini yaratadi. Bu haqda kompaniya xabar berdi.
«Biz SearchGPT yangi sunʼiy intellekt qidiruv tizimining prototipini sinovdan oʻtkazmoqdamiz, bu foydalanuvchiga aniq va tegishli manbalarga asoslangan tezkor va mos natijalarni taqdim etadi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Dastlab foydalanuvchilarning kichik bir qismi yangi vositaga kirish huquqiga ega boʻladi, keyinchalik ular ChatGPT chat-botida uning funksiyalarini amalga oshirishni xohlashadi.
SearchGPT tashqi veb-saytlarga havolalar yaratishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» OpenAI asoschilaridan biri sunʼiy intellektga ega taʼlim platformasini ishga tushirgani haqida xabar bergan edi.
Bugun, 26-iyul kuni respublikada quruq va issiq ob-havo bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 45 darajagacha issiq bo‘ladi. Respublikaning janubiy hududlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 24-26 issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim hududlarda sel kelishi xavfi bor. Havo harorati kunduzi 32-35 daraja issiq va kechasi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonda nominal hisoblangan ish haqi salkam 5,1 million so‘mga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
2024-yil yanvar – iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi moliya sektoriga to‘g‘ri keladi. Banklar, sug‘urta, lizing, kredit tashkilotlari xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 14,4 million so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 12,4 mln so‘mni, tashish va saqlash sohasi 7,7 mln so‘mni va sanoat sohasi 6,2 mln so‘mni tashkil etib, o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qildi.
Ta’lim (3,5 mln) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3,3 mln so‘m) sohalari esa boshqa...
«Kursiv» 2024-yil 1-avgustdan kuchga kiradigan qonunchilikdagi oʻzgarishlar roʻyxatini jamlab chiqdi. Ma’lumotlar Adliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yoʻli bilan beriladi
Oddiy davlat raqamlari «Davlat raqam belgilari» moduli orqali tasodifiy tarzda tasodifiy tanlash yoʻli bilan beriladi.
Ayrim yer uchastkalari kimoshdi savdosiga qoʻyiladi
Tuman va shaharlarda zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari va xizmat koʻrsatish obyektlari, jumladan, turarjoy binolari hamda savdo-koʻngilochar markazlarini qurish uchun yer uchastkalari bosh rejalarga muvofiq kimoshdi savdosiga qoʻyiladi.
Talabalar turarjoyiga joylashish uchun onlayn arizalar qabul qilish boshlanadi
2024/2025-oʻquv yilidan boshlab barcha talabalar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turarjoylariga onlayn tarzda qabul qilish boshlanadi. Shu...
AQSh tomonidan Moskva birjasiga kiritilgan sanksiyalar sabab savdolarning bir qismi Oʻzbekistondagi valyuta bozori va birjadan tashqari bozorga koʻchdi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Kursiv» muxbiri.
«Albatta, Moskva birjasiga kiritilgan sanksiyalar Oʻzbekistonda rubl boʻyicha amalga oshirilayotgan operatsiyalarini tezlashtirdi. Agar e’tibor berib qaraladigan boʻlsa, biz Rossiya bilan boʻladigan tashqi iqtisodiy aloqalarda ijobiy tafovutga egamiz. Moskva birjasiga sanksiyalar kiritilishiga qadar ham Oʻzbekistonga hamma pul oʻtkazmalari rublda oʻtkazilar edi. Biz uni birjada dollarga ayirboshlab olib kirganmiz.
Shuningdek, Oʻzbekiston eksport tovarlarining katta qismi rublda sotiladi. Xuddi shunday holat import tovarlarda ham kuzatiladi. Biz oʻsha...
2025-yil oxiriga qadar O‘zbekistonda qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarning yillik ishlab chiqarish hajmi $1 mlrdga, eksport koʻrsatkichi esa $100 mlnga yetkaziladi. Prezident «Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonni qabul qildi.
Belgilangan maqsadlarga yangi chora-tadbirlar orqali erishish rejalashtirilmoqda. Farmonga ko‘ra, 2026-yilgacha poytaxtda ikkita, Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan tadbirkorlar uchun barcha infratuzilmaga ega zargarlik markazlari barpo etiladi.
2025-yil 1-yanvar sanasigacha zargarlik markazi tashkil qilish uchun davlat koʻchmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlarga ajratilgan shaklda tijorat banklari va tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli ijaraga beriladi yoki mulk huquqiga muvofiq...
O‘zbekistonda 2022-yildan 2024-yil boshigacha bo‘lgan davrda tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar soni 1,8 ming nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Shu vaqt ichida prokuratura tomonidan jabrlanuvchilarga huquqbuzarlar tomonidan yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 3,8 mlrd so‘m miqdorida tovon undirilishiga erishildi. Sudga jami 74 ta da’vo arizasi kiritildi.
Avvalroq «Kursiv» iyun oyi boshidan «Inson» ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari tazyiq va zo‘ravonlik qurbonlariga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatayotgani haqida e’lon qilgan edi.
2024-yil 25-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 584 ming nafardan ortiq pensionerlar mehnat faoliyatini davom ettirmoqda, deb xabar berdi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
Vazirlik ma’lumotlariga koʻra, 339 ming nafardan ortigʻi xususiy korxonalarda, 245,1 ming nafari davlat sektorida ishlashmoqda. Mehnatni davom ettirayotgan pensionerlarning 60 foizini ayollar tashkil etadi.
Ish bilan ta’minlangan pensionerlarning asosiy ulushi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi – 99 ming kishi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent va Samarqand viloyatlari – mos ravishda 54,7 ming va 50,5 ming.
2024-yil iyun holatiga ko‘ra mamlakatda 4 million kishi pensiya oladi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning may oyidan boshlab O‘zbekistonda...
25-iyuldan boshlab Toshkent – Chorvoq avtobus yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar soni koʻpaytirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Avtobuslar «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da jo‘naydi.
Chorvoqdan (Xumson) qaytish 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00ga belgilangan. Yo‘l haqi 20 ming so‘m.
Avvalroq «Kursiv» 1-dekabrga qadar O‘zbekistonda barcha transport turlari uchun chiptalarni xarid qilish uchun onlayn platforma ishga tushirilishi e’lon qilgan edi.
Oʻzbekistonga kirib kelgan pul oʻtkazmalari 2024-yil yanvar–iyun oylarida $6,5 mlrdni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov maʼlum qildi.
«Bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 25 foizga ko‘paydi. Yil boshida biz 11–12 foizlik oʻsishni taxmin qilgan edik», — deydi Nurmuratov
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda pul o‘tkazmalarining diversifikatsiyasi kuzatilmoqda. Markaziy bank raisining taʼkidlashicha, AQSHdan kirib kelgan pul oʻtkazmalari 43 foizga, Germaniyadan 64 foizga, Polshadan 2 barobarga va Janubiy Koreyadan 1,9 barobarga koʻpaygan.
Shu bilan birga, Rossiyadan kirib keladigan pul oʻtkazmalarining ulushi ikki yil oldingi 82 foizdan 77 foizga tushgan va $4,95 mlrd tashkil...
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) anomal issiqlik va havoning +44°C gacha isishi haqidagi xabarlar fonida quyosh urishi holatlarida yordam ko‘rsatish bo‘yicha eslatmani e’lon qildi.
Quyosh urishi – bu uzoq vaqt davomida yuqori harorat ta’sirida, ko‘pincha suvsizlanish bilan birga, tananing termoregulyatsiyasining buzilishiga olib keladigan holat. Quyosh urganda darhol davolanish kerak bo‘ladi.
Quyosh urishi belgilari
Quyosh urishi bir qator jiddiy alomatlar, jumladan, tana haroratining ko‘tarilishi bilan tavsiflanadi. Ko‘pincha tana terlamaydi va teri quruq va teginganda issiq bo‘ladi. Teri ham qizarib ketishi mumkin. Kuchli va to‘satdan bosh og‘rig‘i darmonsizlik, tushunarsiz nutq yoki hushini yo‘qotishi mumkin. Nafas olish tezlashadi va yurak-qon...
25-iyul kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 8,96 so‘mga o‘sdi va 12 634,00 so‘mni tashkil qildi.
Respublikadagi banklar dollarni 12 565 – 12 630 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 660 – 12 685 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24-iyul kuni AQSh valyutasining o‘rtacha narxi qariyb 41 so‘mga o‘sgan edi.