Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi raisi Robaxon Mahmudova tezlikni oshirganlik uchun haydovchilik guvohnomasidan umrbod mahrum etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
Partiya yetakchisi boshqa davlatlarni misol qilib keltirar ekan, Finlyandiyada tezlikni oshirganlik uchun jarima $200 mingni ekanligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Mahmudovaning fikricha, jarima miqdorini oshirish yoʻl-transport hodisasi qurbonlari sonini kamaytirish uchun yetarli chora emas.
«Demak, yurtimizda ham tezlikni oshirganlikda muayyan muddatga avtomobil boshqarish huquqini cheklash yoki haydovchilik guvohnomasidan umrbod mahrum etish, shuningdek, tezlikni oshirish, spirtli ichimlik isteʼmol qilib inson oʻlimiga sabab boʻlgan haydovchilarga jinoiy jazo choralarini kuchaytirish, shu bilan bir...