Apple kompaniyasi App Store’dagi ba’zi cheklovlari sabab katta jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Yevrokomissiya o‘zining rasmiy veb-saytida xabar berdi.
24-iyun kuni Yevropa komissiyasi bu haqidagi dastlabki ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra Apple joriy yilning mart oyida qabul qilingan «Raqamli bozorlar to‘g‘risida»gi qonunni buzishda ayblanmoqda. Bunga App Store’da dastur ishlab chiquvchilarga foydalanuvchilar uchun to‘lov usullaridan erkin foydalanish imkoniyatini berishga ruxsat bermayotgani sabab sifatida ko‘rsatilgan. Ushbu qonunbuzarlik uchun birinchi martasida global aylanmaning 10 foizgacha, ikkinchi marta takrorlansa 20 foizgacha miqdordagi jarima qo‘llanilishi mumkin.
Qonun kuchga kirganidan buyon Alphabet, Amazon, Apple, Meta, Microsoft, ByteDance kabi texno-gigantlarning faoliyatini tartibga solib kelmoqda. Chunki yirik...