Xitoy kompaniyasi Toshkent viloyatida akvapark va koʻngilochar majmua qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriligi xabar berdi.
18-mart kuni vazirlik vakillari Xitoyning St Wonderful kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralar davomida tomonlar amaldagi investitsiya loyihalarini jadallashtirish, xususan, Yangi Toshkentda Pekin mehmonxonasini qurishni muhokama qildi.
Shuningdek, Toshkent shahrida keng koʻlamli «Wonderful city» loyihasini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Kompaniya shaharsozlik, mehmonxona biznesi, turizm va zamonaviy koʻngilochar infratuzilmani yaratish sohalarida loyihalarni amalga oshiruvchi yirik kompaniya hisoblanadi.
Shuningdek, LEO Group kompaniyasi bilan muzokaralarda esa Oʻzbekistonda zamonaviy nasos uskunalarini ishlab chiqarish va suv xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar koʻrib chiqildi...