Amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarovning jahon chempionati uchun tayyorgarlik jamoasiga qo‘shilgani haqidagi taxminlarga hazil bilan javob berdi. Bu haqda UzChess loyihasi ma’lum qildi.
Nakamura va Sindarovning ayni kunlarda Kiprdagi bir mehmonxonada yashayotgani muxlislar e’tiborini tortgan. Shundan so‘ng ayrimlar amerikalik grossmeyster Sindarovga tayyorgarlik jarayonida yordam berayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Nakamura: «Men uning jamoasida emasman»
Nakamura bu taxminlarga X ijtimoiy tarmog‘ida hazil bilan munosabat bildirdi.
«Men uning jamoasida emasman. Faqat 2.Ke2 yurishi bo‘yicha biroz maslahat beryapman», – deb yozdi u.
Gap shaxmatdagi mashhur «Bongcloud» deb ataluvchi hazilomuz debyut g‘oyasi haqida ketmoqda...