O‘zbekiston terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov 2026/27-yilgi mavsumda klub safida barcha musobaqalarda hozircha oltita uchrashuvda maydonga tushdi. Bu RotoWire statistikasi ma’lumotlarida qayd etildi.
Husanov Premyer-ligada to‘rtta, UEFA Chempionlar ligasida esa ikkita uchrashuvda qatnashgan. Ularning to‘rttasini asosiy tarkibda boshlagan.
So‘nggi o‘yinda 14 daqiqa maydonda bo‘ldi
17-oktabr kuni «Manchester Siti» «Ipsvich»ga qarshi Premyer-liga uchrashuvida 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Husanov uchrashuvni zaxirada boshladi va 14 daqiqa maydonda harakat qildi. Shu vaqt ichida u 11 ta uzatmani amalga oshirdi va bir marta to‘pni olib qo‘ydi.
Bundan avval, 14-oktabr kuni PSJga qarshi Chempionlar ligasi bahsida himoyachi to‘liq 90 daqiqa o‘ynagan...