
Xitoyda iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari savdosi jami 4 mlndan oshdi. Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, iPhone 18 Pro Max 2026-yilning 41-haftasida qariyb 900 mingta faollashtirish bilan yangi haftalik rekord o‘rnatgan.
Bu ko‘rsatkich aynan smartfonlarning tarmoqqa ulanishi va faollashtirilishini aks ettiradi.
Ikki model savdosi 4 mlndan oshdi
iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max’ning Xitoydagi umumiy savdosi 4 mlndan ortiq qurilmani tashkil qilgan.
Avvalroq 2026-yilning 38-haftasi yakunlariga ko‘ra, Apple’ning to‘rtta modeli Xitoydagi eng ko‘p sotilgan yetti smartfon qatoridan joy olgani xabar qilingan edi.
Apple modellari yuqori o‘rinlarda
O‘sha reytingda iPhone 18 Pro Max birinchi, iPhone 18 Pro esa ikkinchi o‘rinni egallagan.
iPhone 17 Pro Max uchinchi, oddiy iPhone 17 esa to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple muammolar sabab iPhone 18 Pro Max qurilmalarini qaytarib olayotgani xabar qilingandi. Muammo, asosan, AT&T operatori tarmog‘idagi ayrim foydalanuvchilarda kuzatilmoqda. Ular uyali aloqa signali butunlay yo‘qolib, hududda tarmoq bo‘lishiga qaramay, qo‘ng‘iroq qila olmayotganidan shikoyat qilishgan.