O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bakuda Qatar davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi. Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, investitsiyalarni kengaytirish va xalqaro masalalar muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qatar bilan investitsiyaviy hamkorlik kengaymoqda
Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. So‘nggi yillarda oliy darajadagi muloqotlar ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqani ta’kidlandi.
Ayni paytda Qatar kompaniyalari bilan energetika, kimyo sanoati, oziq-ovqat xavfsizligi, transport va qurilish sohalarida hamkorlik olib borilmoqda. Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda...