Apple 13-oktabr kuni yangi avlod Apple TV 4K qurilmasini taqdim etdi. Yangilangan model sun’iy intellektga asoslangan Siri, tezroq ishlash va masofadan boshqarish pultini topish funksiyasi bilan jihozlangan. Qurilmaning AQShdagi narxi 299 dollardan boshlanadi. Bu haqda Apple kompaniyasi rasmiy sayti xabar berdi.
Siri endi filmlar haqida suhbatlasha oladi
Yangi Apple TV 4K’ning asosiy yangiligi – Apple Intelligence texnologiyasiga asoslangan Siri yordamchisi. U foydalanuvchiga film va seriallarni topish, tomosha qilish uchun tavsiyalar olish hamda ko‘rilayotgan kontent haqida qo‘shimcha savollar berish imkonini beradi.
Masalan, foydalanuvchi Siri’dan muayyan yilda «Emmi» mukofotini olgan seriallar haqida so‘rashi yoki film qayerda suratga olinganini bilishi mumkin...