Tesla yangi avlod Tesla Roadster konseptini namoyish etdi. Taqdimot davomida avtomobil vertikal tezlanish, sakrash, havoda aylanish va yumshoq qo‘nish kabi noodatiy imkoniyatlarni ko‘rsatdi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Roadster joyidan 97 km/soat tezlikka atigi 0,81 soniyada chiqishi mumkin.
Dizayn keskin o‘zgargan
Yangi Roadster tashqi ko‘rinishi 2017-yildagi prototipdan sezilarli farq qiladi.
Avvalgi silliq kuzov chiziqlari o‘rnini ancha burchakli shakllar egallagan. Dizaynda Cybertruck va Lamborghini Reventon uslubiga o‘xshash elementlar ko‘zga tashlanadi.
SpaceX bilan yaratilgan gaz tezlatkichlari bor
Roadster’ning eng noodatiy xususiyati – SpaceX ishtirokida ishlab chiqilgan o‘nta gaz tezlatkichi.
Ular avtomobil ichidagi har biri 600 litr sig‘imli ikkita rezervuarda saqlanadigan siqilgan...