
Samsung Galaxy S27 Ultra dizayniga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Sammobile ma’lumotiga ko‘ra, yangi flagman avvalgi Galaxy S26 Ultra’ga nisbatan ingichkaroq ekran ramkalari bilan chiqishi mumkin.
Biroq orqa tomondagi kamera bloki aksincha, biroz qalinlashishi kutilmoqda.
Ekran ramkasi 1,28 mm bo‘lishi mumkin
Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S27 Ultra displey ramkasi 1,28 mmni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Galaxy S26 Ultra’da bu ko‘rsatkich 1,32 mm atrofida. Shu sababli yangi model old tomondan biroz ixchamroq va zamonaviyroq ko‘rinishi mumkin.
Kamera bloki qalinlashadi
Galaxy S27 Ultra’ning kamera moduli qalinligi 4,69 mm bo‘lishi kutilmoqda. Galaxy S26 Ultra’da esa kamera bloki taxminan 4,5-4,6 mmni tashkil etadi. Demak, yangi modelda orqa kamera qismi biroz ko‘proq bo‘rtib turishi mumkin.
Dizaynda yangi yondashuv kutilmoqda
Manbaga ko‘ra, Samsung 2027-yilgi Galaxy S seriyasida dizaynni ikki xil yo‘nalishda rivojlantirishi mumkin.
Bazaviy Galaxy S26 va S26+ modellari an’anaviy vertikal kamera joylashuvini saqlab qolishi kutilmoqda. Pro va Ultra versiyalarida esa korpus kengligining katta qismini egallaydigan yangi kamera bloki paydo bo‘lishi mumkin.
Taqdimot 2027-yil boshida bo‘lishi mumkin
Samsung Galaxy S27 Ultra’ni 2027-yil yanvar yoki fevral oyida taqdim etishi kutilmoqda.
Hozircha kompaniya qurilmaning dizayni, aniq o‘lchamlari va taqdimot sanasini rasman tasdiqlamagan.
Avvalroq «Kursiv» Galaxy S26 uchun 300 yevrogacha chegirma taklif qilinayotgani haqida yozgan edi.