
Xiaomi Xitoyda Redmi K100 uchun oldindan buyurtmalarni boshladi. Kompaniya prezidenti Lu Veybing yangi smartfon yaqin vaqt ichida taqdim etilishini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, avgust oyida taqdim etilgan Redmi K100 Pro seriyasi foydalanuvchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Endi kompaniya oilaning standart Redmi K100 modelini ham bozorga olib chiqishga tayyorlanmoqda.
K seriyasidagi eng katta batareya kutilmoqda
Lu Veybing Redmi K100 o‘z narx segmentida yuqori unumdorlik taklif qilishini ta’kidladi.
Shuningdek, smartfon Redmi K seriyasi tarixidagi rekord sig‘imli batareyani olishi aytilmoqda. Biroq kompaniya hozircha uning aniq sig‘imini rasman ochiqlamagan.
Redmi K100’ning boshqa texnik xususiyatlari ham sezilarli darajada qayta ishlangani qayd etilgan.
10 000 mA/soat batareya bo‘lishi mumkin
Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi K100 Snapdragon 8E oilasiga mansub protsessor bilan jihozlanishi mumkin.
Shuningdek, qurilmaga alohida grafik chip, metall korpus va Bose stereo dinamiklari o‘rnatilishi haqida ma’lumotlar tarqalgan.
Insayderlar smartfon 10 000 mA/soat sig‘imli batareya olishi mumkinligini ham bildirgan. Bu ma’lumotlar hozircha Xiaomi tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
Batafsil ma’lumotlar 19-oktabrda beriladi
Redmi K100 uchun oldindan buyurtmalar Xitoyda allaqachon boshlangan.
Xiaomi qurilma haqidagi qo‘shimcha tafsilotlarni 19-oktabr kuni e’lon qilishni rejalashtirgan. Smartfonning narxi va to‘liq texnik xususiyatlari hozircha ma’lum emas.
Avvalroq «Kursiv» Redmi K100 100 W tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlashi haqida yozgan edi.