Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki zamonaviy dizayndagi 1000 rubllik banknotani taqdim etdi. Kuchaytirilgan himoya tizimiga ega bo‘lgan ushbu yangi pul belgisi eski namunadagi kupyuralar bilan parallel ravishda muomalada bo‘ladi.
Banknotaning old tomonida Nijniy Novgorod kremlining Nikolskaya minorasi, orqa tomonida esa Saratov avtomobil ko‘prigi, «Meteor-120R» kemasi hamda Qozon shahridagi Dehqonlar saroyi tasvirlangan. Shuningdek, kupyurada uning badiiy bezagi va haqiqiylik belgilarini tekshirish imkonini beruvchi maxsus QR-kod joylashtirilgan.
Bu Markaziy bankning 1000 rubllik kupyura dizaynini yangilash bo‘yicha ikkinchi urinishidir. 2023-yilda taqdim qilingan dastlabki versiya sababli janjal yuzaga kelgan edi. Rus pravoslav cherkovi vakillarining tanqididan so‘ng dizayn qayta ishlashga yuborilgan. Yangi banknota 1997-yilgi namunadagi...