Xitoy olimlari yangi turdagi natriy-ion batareyani ishlab chiqdi. CarNewsChina xabariga ko‘ra, u hatto 300°C haroratda ham portlamasdan ishlashga qodir. Tadqiqot natijalari 6-aprel kuni e’lon qilindi.
Loyiha Xitoy Fanlar akademiyasi tadqiqotchilari tomonidan amalga oshirildi. Jamoaga olim Hu Yongsheng rahbarlik qilgan. Yangi batareyaning asosiy ustunligi xavfli jarayonning to‘liq bartaraf etilishidir. Bu holatda batareya qizib, zanjir reaksiyasi natijasida yonish yoki portlash yuz berishi mumkin edi.
Yangi texnologiyada yonmaydigan maxsus elektrolit qo‘llanilgan. Harorat 150°C dan oshganda bu suyuqlik qattiq himoya qatlamiga aylanadi. Natijada batareya ichida issiqlik tarqalishi to‘xtaydi va xavfli jarayon bloklanadi. Oddiy batareyalarda esa faqat yonishni sekinlashtirishga uriniladi. Bu texnologiya esa muammoni...