Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi may oyida o‘tkazilgan sakkizta yig‘ilishda 36 ta masalani ko‘rib chiqdi. Tekshiruvlar yakunida ayrim moliyaviy tashkilotlarga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 26 ta masala ko‘rib chiqilgan. Ular orasida kredit tashkilotlari ustaviga o‘zgartirishlar kiritish, auditorlik sertifikatlarini tasdiqlash, mikromoliya va faktoring tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, to‘lov tashkiloti litsenziyasini vaqtincha to‘xtatish hamda banklar rahbariyatiga nomzodlarni ko‘rib chiqish masalalari bor.
Shuningdek, kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala muhokama qilingan. Jumladan, prudensial me’yorlarga rioya etilishi, inspeksiya tekshiruvlari natijalari, taqsimlanmagan foydani taqsimlash va yangi moliyaviy xizmatlarni sinovdan o‘tkazish masalalari...