O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish va ularga huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi. Adliya vazirligiga ko‘ra, prezident tomonidan yangi qonun imzolandi.
Qonunga ko‘ra, «bolaning eng ustun manfaatlari» tushunchasi hamda uni ta’minlash kafolatlari qonunchilikka kiritildi. Bu tushuncha bolaning oila g‘amxo‘rligida ulg‘ayishi, farovonligi, xavfsizligi, sog‘lig‘i, ta’lim olishi, har tomonlama kamol topishi, shaxsiy daxlsizligi, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish kabi mezonlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, bolaning fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy hamda axloqiy manfaatlari ham inobatga olinadi. Bolaning manfaatlari uning o‘ziga xos xususiyatlari, ishtiroki va fikrini hisobga olgan holda belgilanadi.
Qonun bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarga, jumladan, Ayollarni reabilitatsiya...