Xiaomi kompaniyasi tomonidan 26-iyun kuni Xiaomi YU7 eketromobili rasman taqdim etiladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda. Ushbu model kompaniyaning o‘rta hajmdagi elektromobil bozoriga ilk kirib kelishidir.
Tadbirda Xiaomi Flip2 bukiluvchi smartfoni va Xiaomi Pad 7S Pro plansheti ham namoyish qilinadi.
Avtomobil Pekindagi Yizhuang zavodida ommaviy ishlab chiqarilmoqda. Minglab tayyor avtomobillar zavodda saqlanmoqda. Yetkazib berish jarayoni iyul oyida boshlanishi rejalashtirilgan.
YU7 SU7 bilan bir xil Modena platformasida ishlab chiqilgan. Uning uzunligi taxminan 4,8 metrni tashkil qiladi. U oilaviy foydalanish uchun mo‘ljallangan. Orqa o‘rindiqlarda bosh uchun joy kengroq.
Model yuqoriroq yurish balandligiga ega. Dizayni fastbek ko‘rinishida bo‘lib, amaliylikni oshiradi...