2026-yil boshidan buyon O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr energiya stansiyalari tomonidan 2 mlrd kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 43 foizga ko‘p.
20-mart holatiga ko‘ra, mamlakatdagi «yashil» energiya ishlab chiqarish hajmi 2 mlrd 15,4 mln kVt/soatga yetgan. Shundan 959,2 mln kVt/soat quyosh stansiyalariga, 1 mlrd 56,2 mln kVt/soat esa shamol elektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi.
Hozirda O‘zbekistonda umumiy quvvati 5 582 MVt bo‘lgan 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 5 ta shamol elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda. So‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. 2022-yilda quyosh stansiyalari 434 mln...