Xiaomi 2026-yilgi yangilangan SU7 elektromobilini taqdim etdi. CarNewsChina’ga ko‘ra, model atigi 34 daqiqada 15 ming dona sotilib ketdi.
Yangi SU7 Standard, Pro va Max versiyalarida taklif qilinadi. Narxi 219,9 mingdan 303,9 ming yuangacha. Bu taxminan $31,9 mingdan $43,9 minggacha. Buyurtma uchun 5 ming yuan ($725) depozit talab qilinadi.
Model tashqi ko‘rinishda yangilangan. Radar va kameralar uchun tozalash tizimi qo‘shilgan. Salon esa qulayroq bo‘lib, massajli o‘rindiqlar hamda yangi yoritish tizimi bilan jihozlangan.
Texnik jihatdan SU7 kuchliroq bo‘ldi. Max versiyasi 0 dan 100 km/soatgacha 3,08 soniyada tezlashadi. Maksimal tezlik 265 km/soatga yetadi.
Zaxira yurish masofasi Standard’da 720 km, Pro’da 902 km...