Yueda Kia tomonidan ishlab chiqariladigan yangilangan Kia Sportage 21-noyabr kuni Guanchjou ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.
Yangilanishlar avvalo old qismda namoyon bo‘lgan. Radiator panjarasi uzaytirilgan va yirik uyali shaklga ega bo‘lgan. Faralar Sorento uslubida bezatilgan. Orqa qismda ham yangi bagaj qopqog‘i, bamper va zamonaviy yorug‘lik chizig‘i bilan bog‘langan chiroqlar bor.
Mashinaning o‘lchamlari 4695 x 1865 x 1680 mm, g‘ildirak bazasi 2755 mm. Sportage turbodvigatellar bilan taqdim etiladi. 1,5 litrli motor 200 ot kuchi, 2,0 litrli motor esa 244 ot kuchi beradi. Har ikkisi 8 pog‘onali avtomat uzatma bilan birga ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi...