Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Inter Mayami» – «Portu» uchrashuvi Messi jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin 20-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlandi.
KJChdagi o‘zaro o‘yin oldidan har ikki jamoa guruh bosqichida bittadan start uchrashuvini o‘tkazib, bir xil 0:0 hisobida yakunladi.
«Inter Mayami» dastlab Misrning «Al Ahli» klubi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Xaver Maskerano jamoasi tashabbusga ega edi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadi.
«Portu» Braziliyaning «Palmeyras» jamoasini mag‘lub eta olmadi – o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Inter Mayami – Portu o‘yinining borishi
Jamoalar dastlabki daqiqalardanoq tomoshabinlarga himoyada o‘ynash bilan cheklanib qolmasdan, shiddatli va qizg‘in kurashni taklif...