Angliya Premyer-ligasining yakuniy turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Fulxem» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. O‘yindan so‘ng klub bosh murabbiyi Pep Gvardiola matbuot anjumanida jamoa tarkibi va ayrim futbolchilarning yo‘qligi haqida fikr bildirdi.
Murabbiy Abduqodir Husanov haqida ham alohida to‘xtalgan. Gvardiola uni Grilish, Vitor Reis va Makayti kabi jamoaning diqqat markazidagi futbolchilardan biri deb atadi.
Xususan, jurnalistlar yarim himoyachi Jek Grilishning tarkibda yo‘qligi sababini so‘rashdi. Gvardiola futbolchilar soni ko‘pligini aytib, tanlov har doim ham oson emasligini ta’kidladi. U Grilishga hech qanday shaxsiy e’tirozi yo‘qligini, barcha futbolchilar birdek muhim ekanini qayd etdi. Misol tariqasida, «Aston Villa» va «Vulverhempton»ga...