O‘zbekistonda 2026-yil yakuniga qadar Milliy investitsiya jamg‘armasining 30 foiz ulushi IPO’ga chiqarilishi belgilandi. Ushbu savdolar London va Toshkent shaharlarida ikki tomonlama ro‘yxatga olish orqali o‘tkazilishi kutilmoqda.
Tashkilot tarkibida qator o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2026-yilda «Xalq banki» (30 foiz) va «Navoiyazot» (25 foiz) korxonalari jamg‘arma tarkibidan chiqarildi. Bunga qadar, 2025-yilda BRB va «MK Bank» ulushlari ham chiqarilib, ularning o‘rniga jozibador aktiv sifatida baholanayotgan «SQB»ning 40 foizlik ulushi qo‘shilgan edi.
Xalqaro moliya nashrlarining xabarlari ham mazkur jarayonga qiziqish yuqoriligini ko‘rsatadi. Bloomberg agentligi avvalroq mazkur IPO 2026-yil boshida o‘tkazilishini reja qilganini yozgan, biroq bu jarayon kechiktirilgan.
Joriy yilda mamlakatning eng yirik...