Telegram asoschisi Pavel Durov The Open Network (TON) asosida yaratilgan markazlashmagan Cocoon maxfiy hisoblashlar tarmog‘ini ishga tushirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, platforma foydalanuvchilarning sun’iy intellektga bo‘lgan birinchi so‘rovlarini 100% maxfiylik bilan qayta ishlaydi. Shuningdek, Telegramning avtomatik tarjima kabi ba’zi funksiyalari allaqachon Cocoon orqali ishlamoqda. Loyiha hujjatlari va dastur kodi cocoon.org saytida ochiq e’lon qilindi.
Ushbu tarmoq markazlashgan bulutli provayderlarga, masalan, Amazon va Microsoftga muqobil sifatida ishlab chiqilgan. Cocoon taqsimlangan arxitektura hisobiga foydalanuvchi ma’lumotlarini yirik bulutlarga yubormasdan sun’iy intellekt vazifalarini bajarishga imkon beradi va maxfiylik darajasini oshiradi.
Foydalanuvchilar Nvidia H100 va undan...