Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida harbiy qism hamda yangi turizm obyektlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Davlat rahbari Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, jangovar texnika va qurol-aslahalar, jumladan, zamonaviy havo hujumidan mudofaa vositalari bilan tanishdi. Qayd etilishicha, mamlakat mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar qo‘shinlarning jangovar salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Harbiy xizmatchilar tayyorgarligi uchun o‘quv binolari, yotoqxona, oshxona, ma’naviyat xonalari va sport inshootlari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
Shuningdek, zamonaviy qurolli mojarolarda dronlar, sun’iy intellekt, robotlashgan texnika va ularga qarshi vositalarning ahamiyati ortib borayotgani ta’kidlandi. Shu asosda qo‘shinlarda...