Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻlib, kechga yaqin qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11°, kunduzi 21-23° bo‘ladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° atrofida boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo ochiq boʻlib, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻlib, kunduzi ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda...