Transfermarkt portali Ispaniya La ligasi futbolchilarining yangilangan transfer narxlarini e’lon qildi.
Yangilangan jadvalga koʻra, «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappening transfer qiymati 20 million yevroga oshib, 200 million yevroga yetkazildi. Natijada Mbappe «Barselona» vingeri Lamin Yamal hamda «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandga yetib oldi.
Transfermarkt ma’lumotlariga koʻra, La liga doirasida Mbappe va Yamal birinchi oʻrinni boʻlishib turibdi. Uchinchi oʻrinda «Real Madrid» yarim himoyachisi Jud Bellingem joylashib, uning bozor qiymati 160 million yevroga teng. Keyingi oʻrinlarda Vinisius Junior (150 million yevro) va Pedri (140 million yevro) qayd etilgan.
La liganing eng qimmat oʻn futbolchisi orasida besh nafar oʻyinchi «Real Madrid»ga tegishli boʻlib...