Haval kompaniyasi Raptor yo‘ltanlamasining yangi Haval Raptor Plus nomli modifikatsiyasini tayyorlamoqda. Bu haqda Autohome xabar bermoqda. Yangi talqin standart versiyadan sezilarli darajada kattalashgan.
Raptor Plus tashqi ko‘rinishda brendga xos «kvadrat» dizaynni saqlab qolgan. Shu bilan birga, radiator panjarasi yangilangan. Avtomobilning o‘lchamlari sezilarli darajada oshgan. Uzunligi 4 912 mmga yetgan, g‘ildirak bazasi esa 2 850 mmni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Raptor Plus Toyota Land Cruiser 300 bilan bir darajaga yaqinlashgan.
Salon qismida ham jiddiy yangilanishlar mavjud. Asboblar paneli va multimedia tizimi kattaroq va yuqori aniqlikdagi ekranlar bilan jihozlangan. Uzatmalar qutisi selektori rul ustuniga ko‘chirilgan, natijada markaziy tunnelda bo‘sh joy...