Yevropa to‘lov tashabbusi (EPI) rahbari Martina Veymert Financial Times nashriga bergan intervyusida Yevropa Visa va Mastercard kabi xalqaro tizimlarga haddan tashqari qaram ekanini ma’lum qildi. U qit’ada transchegaraviy to‘lovlar uchun yagona mahalliy yechim yo‘qligini tanqid qildi.
Yevropa Markaziy banki (YMB) ma’lumotlariga ko‘ra, Visa va Mastercard yevrohududdagi karta operatsiyalarining qariyb uchdan ikki qismini tashkil etadi. 16 ta Yevropa banki va moliyaviy xizmatlar kompaniyasini birlashtirgan alyans rahbari Veymert xalqaro yechimlarga qaramlik yuqori darajada ekanini ta’kidladi.
«Bizda mahalliy karta tizimlari kabi yaxshi milliy aktivlar bor, ammo transchegaraviy hech narsa yo‘q. Agar mustaqillik muhim desak, zudlik bilan harakat qilishimiz...