Infinix kompaniyasi 60 Pro nomli yangi smartfonini namoyish qildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.
Dizayni jihatidan u iPhone 17 Pro Max’ni eslatadi, biroq Xitoy brendi qurilmasi kattaroq batareya va kamera blokiga joylashtirilgan mini-ekran bilan ajralib turadi.
Smartfon orqa panelidagi kamera modulida piksel tipidagi qo‘shimcha ekran joylashgan. U to‘liq displey bo‘lmasa-da, vaqt, havo harorati, bildirishnomalar, zaryadlanish jarayoni kabi ma’lumotlarni ko‘rsatish imkonini beradi. Bu yechim dizayn va funksionallikni uyg‘unlashtirgan noodatiy element sifatida baholanmoqda.
Texnik jihatdan Infinix 60 Pro Snapdragon 7s Gen 4 platformasiga asoslangan bo‘lib, o‘rta yuqori darajadagi unumdorlikni ta’minlaydi. Qurilma 6,8 dyuymli 1.5K aniqlikdagi, 144 Gts yangilanish chastotasiga ega...