«Yuksalish» umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh tadbirkorlar reytingini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, reyting ikki bosqichda shakllantirilgan. Dastlab OAV, ijtimoiy tarmoqlar, biznes reytinglari, mukofotlar hamda ekspert va tadbirkorlar tavsiyalari asosida 100 nafar nomzod saralab olingan. Ular media faolligi, obro‘-e’tibori, innovatsion mahsulot va xizmatlari, erishilgan natijalari hamda biznesning ijtimoiy mas’uliyati kabi mezonlar bo‘yicha baholangan.
Ikkinchi bosqichda esa «Yuksalish» tomonidan belgilangan mezonlar asosida ekspertlik baholashi o‘tkazilib, 100 ballik tizimda 20 nafar eng yuqori natija ko‘rsatgan tadbirkordan iborat yakuniy ro‘yxat shakllantirilgan. Baholashda innovatsion g‘oya, iqtisodiy samaradorlik, barqarorlik, raqobatbardoshlik va jamiyatdagi obro‘-e’tibor...