17-dekabr kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir yoki qor yog‘adi, tuman tushishi ham mumkin. Harorat kechasi -12°…+8°, kunduzi 0°…+13°. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
17-dekabr kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir yoki qor yog‘adi, tuman tushishi ham mumkin. Harorat kechasi -12°…+8°, kunduzi 0°…+13°. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
O‘zbek san’atining yorqin namoyandasi Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligi YUNESKO tomonidan 2026–2027-yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylarga rasman kiritildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Mazkur qaror O‘zbekistonning taklifi asosida qabul qilingan bo‘lib, unga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Turkmanistonning qo‘llab-quvvatlovi ham ilova qilingan. San’atkor tavalludining yubileyini ro‘yxatga kiritish masalasi Samarqand shahrida o‘tkazilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ma’qullandi.
Ma’lumot uchun, Tavakkal Qodirov 1926-yil 10-iyun kuni Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi Sultonobod qishlog‘ida Qodir ota va To‘ti buvi oilasida tavallud topgan. U o‘zbek qo‘shiqchilik sanʼatining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan hofiz sifatida tanilgan. 1989-yilda unga O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan.
Faoliyati davomida Tavakkal...
Hukumat tadbirkorlik faoliyatini soddalashtirish va sohadagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirishga qaratilgan muhim qaror qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Xususan, veterinariya xizmati nazorati ostidagi 1568 ta mahsulot pozitsiyasi bo‘yicha moslik sertifikatini olish talablaridan tortib, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ortiqcha cheklovlar bekor qilindi.
Shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkorlarning import faoliyatida $5 ming miqdoridagi cheklov, turistlarga uy-joyni 30 kungacha ijaraga berish hamda yog‘ochdan mebel tayyorlashga doir talablar ham bekor qilindi.
Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik sohasidagi barcha majburiy talablar yagona elektron reyestrga kiritilgan bo‘lib, hozirda unda 36 mingdan ortiq talab mavjud. Vazirlik doimiy ravishda...
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Sergeli, Yangihayot va Bektemirda yuqori texnologik sanoat va logistika loyihalari boshlanadi
Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlari yuqori texnologik sanoat va logistika «o‘sish nuqtasi» sifatida belgilandi. Kelasi yili Sergelida maydoni 120 ming kvadrat metr bo‘lgan $70 mlnlik zamonaviy agrologistika va omborxona ishga tushiriladi. Yangihayotdagi «Yangi avlod» sanoat zonasida elektrotexnika, to‘qimachilik, avtomobilsozlik va oziq-ovqat sohasida $2 mlrdlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar Birlashgan Arab Amirliklarining «DP World» kompaniyasi tomonidan zamonaviy logistika tizimi bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Sanoat zonasi Yangihayot va...
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, kelgusi yil uchun yangi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
So‘nggi yillarda poytaxt iqtisodiyoti sezilarli darajada o‘sdi: to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar $20 mlrddan oshdi, 5 mingdan ortiq yirik loyiha ishga tushdi, shahar bo‘yicha jon boshiga investitsiya $71 dan $2,2 mingga yetdi. Tijorat maydonlari 14 karra oshib, 67 mln kvadrat metrga yetdi, tadbirkorlar soni 140 mingga yaqinlashdi. «Tungi iqtisodiyot» doirasida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari 3 mingdan oshdi.
Shaharda transport infratuzilmasi ham sezilarli rivojlandi: 1 ming zamonaviy elektrobus va avtobus, 168 yangi yo‘nalish, qo‘shimcha...
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining yangi binosi hamda ta’lim va ilmiy faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Akademiya prezidentning 2022-yil 28-noyabrdagi farmoniga muvofiq Bosh prokuratura akademiyasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida prokuratura va tergov organlari uchun kadrlar tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasiga aylandi.
Akademiya infratuzilmasi izchil rivojlantirilib, ma’muriy bino, oshxona, mehmonxona, kovorking hududi, konferens-zal va kutubxona zamonaviy talablar asosida qayta barpo etildi. O‘quv korpuslari va yotoqxonalarning ta’mirlanishi hisobiga ta’lim oluvchilarni qamrab olish imkoniyati ikki baravarga oshdi, sport majmualari qurilishi davom etmoqda.
Nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida...
15-dekabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 31,6 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,7 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 21,6 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
«Tenge bank» – 41,2%; «Anorbank» – 41%; «Ipoteka bank» – 37,9%; «Ipak yuli banki» – 36,3%; «Davr bank» – 35,7%.Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:
«Aloqabank...Argentina va Ispaniya milliy jamoalari o‘rtasidagi uzoq kutilgan Finalissima sanasi tasdiqlandi. Ushbu bahs 2026-yilning 27-mart kuni Qatarning «Lusail» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MARCA xabar bermoqda.
Ushbu uchrashuv 2024-yilgi Amerika Kubogi g‘olibi (Argentina) va Yevropa chempioni (Ispaniya) o‘rtasidagi prinsipial bahs bo‘lib, Jahon chempionati oldidan eng yirik sinov hisoblanadi. O‘yinning asosiy intrigalaridan biri bu avlodlar to‘qnashuvidir.
Zamonaviy futbol afsonasi Lionel Messi va bugungi kunning eng yorqin yosh iqtidori Lamin Yamal faoliyatlarida ilk bor maydonda o‘zaro raqib sifatida to‘qnash kelishadi. Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik talant egasining aynan Leo Messi bilan rasmlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Yaqinda o‘tkazilgan 2026-yilgi Jahon chempionati qur’a tashlash...
Prezident farmoni bilan Alisher Sultanov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5-dekabr kuni BAA, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston delegatsiyalarini qabul qilib, energetika va infratuzilma sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.
Xususan, bunda Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayroqdor boshchiligidagi delegatsiya bilan energetika tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnologiyalarni mahalliylashtirish bo‘yicha yangi loyihalar muhokama qilindi. Ozarbayjon bilan neft-gaz sohasi, geologiya-qidiruv, «yashil» energetika va kimyo sanoatida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi. Mirziyoyev Qirgʻiz respublikasi energetika vaziri bilan esa Qambar-ota GES-1’ni birgalikda rivojlantirish muhim...
Realme kompaniyasi Realme Narzo 90 smartfonlar seriyasini rasman taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.
Realme Narzo 90 6,57 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Displey Full HD+ aniqlik va 120 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Narzo 90x esa 6,8 dyuymli IPS ekran, HD+ aniqlik va 144 Hz chastotaga ega.
Narzo 90 modeli MediaTek Dimensity 6400 Max protsessori asosida ishlaydi. Narzo 90x esa Dimensity 6300 platformasida qurilgan. Har ikkala smartfon 6 yoki 8 GB tezkor xotira va 128 GB doimiy xotira bilan taklif etiladi. Operatsion tizim sifatida Android 15 va Realme UI 6.0 ishlatilgan.
Ikkala qurilmada ham asosiy kamera 50 Mp...
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Jahon chempionatidagi raqiblar va turnirga tayyorgarlik haqida fikrlar bildirdi.
Otabek Shukurov «JCh – 2026» guruh bosqichidagi raqiblar Portugaliya va Kolumbiya haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, guruh o‘yinlari o‘tkaziladigan shaharlar orasidagi 800 – 1000 km masofa jiddiy muammo tug‘dirmaydi, chunki o‘yinlar oralig‘i 5 kunni tashkil etadi. Futbolchi jamoaning maqsadi guruhdan muvaffaqiyatli chiqish va muxlislarni xursand qilish ekanini ta’kidladi.
Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, mundialga munosib hozirlik ko‘rish maqsadida bosh murabbiy Yevropadan 2-3 nafar professional oshpazni jamoaga taklif qilgan. Yangi tartibga ko‘ra, futbolchilar ratsionidan osh va shunga o‘xshash yog‘li taomlar kamaytirilib, o‘rniga sportchilar uchun zaruriy...
Joriy yilning 17 – 22-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sabab respublikaning bir qator tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Xususan, ushbu kunlarda:
Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida; Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida; Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida; Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida; Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari); Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.Gidrometeorologiya xizmati agentligi tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga qat’iy rioya qilishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 16-dekabr...
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan, quvvati 100 MVt bo‘lgan kogeneratsiya markazi bir vaqtning o‘zida elektr va issiqlik ishlab chiqaradi. Loyiha Xitoyning CNTIC kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan bo‘lib, uni moliyalashtirish uchun $65 million miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltirilgan. Majmua 3,5 gektar maydonda joylashgan.
Inshootda Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasiga tegishli 70 ta zamonaviy gaz-porshen uskunalari o‘rnatilgan. Shu bilan birga, qozonxonalardan iste’molchilargacha bo‘lgan issiqlik ta’minoti infratuzilmasi to‘liq rekonstruksiya qilinib, issiqlik magistrallari yangilandi va izolyatsiyalangan...
2025-yil 15-dekabr kuni O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida bozorlar ochilishi bo‘yicha ikki tomonlama protokol imzolandi. Bu O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonidagi muhim bosqich hisoblanadi.
Mazkur kelishuv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oktabr oyida Bryusselga amalga oshirgan tarixiy tashrifidan so‘ng erishildi. Ushbu tashrif siyosiy darajada kuchli turtki berdi va tomonlarning hamkorlikni chuqurlashtirishga bo‘lgan qat’iy intilishini mustahkamladi.
Hujjat O‘zbekiston nomidan Azizbek Urunov va Yevropa Ittifoqi nomidan elchi João Aguiar Machado tomonidan imzolandi. Tomonlar bu kelishuv ikki tomonlama sheriklik va konstruktiv muloqotning yaqqol natijasi ekanini ta’kidladi.
Imzolangan protokol O‘zbekistonning ko‘p tomonlama savdo tizimiga chuqurroq integratsiyalashuvi yo‘lida yana bir muhim qadam...
16-dekabr kuni E-auksion platformasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Toshkent shahrida joylashgan ma’muriy binosi bo‘yicha savdolar bo‘lib o‘tdi.
Auksion 1 soat 7 daqiqa davom etib, jarayon davomida jami sakkizta stavka kiritildi.
Savdolar yakuniga ko‘ra, obyekt 182,477 mlrd so‘mga sotildi. Bu ko‘rsatkich boshlang‘ich narxdan qariyb 40 foizga yuqori. Eng yuqori taklif bilan «O‘zshahar Qurilish Invest» kompaniyasi auksion g‘olibi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, «O‘zshahar Qurilish Invest» 2017-yil yanvar oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan bo‘lib, uy-joy qurilishi faoliyati bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning ustav fondi 1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Korxonaning yagona ta’sischisi Nuriddin To‘yiyevich Qodirov bo‘lsa, rahbari lavozimini Baxtiyor Mamadiyevich Saatov egallab...
17-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 105,56 so‘m (-24,45so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
1-dekabr kuni valyuta kursi 11 940,95 so‘m etib belgilandi va oldingi kunga nisbatan 38,65 so‘mga oshdi.
2-dekabrda vaziyat o‘zgardi. Dollar 11 895,57 so‘mga tushib, kunlik hisobda 45,38 so‘m pasaydi. 3-dekabr kuni kurs pasayishda davom etdi va 11 880,93 so‘mni tashkil etdi. Bu kunda dollar yana 14,64 so‘mga arzonlashdi.
4-dekabrda bozor yo‘nalishini o‘zgartirdi. AQSh valyutasi yana mustahkamlanib, 11 912,38 so‘mga chiqdi. Kunlik o‘sish 31,45 so‘m bo‘ldi. 5-dekabr kuni esa haftadagi eng katta ko‘tarilish qayd etildi. Dollar 50,85 so‘mga oshib...
Angliyaning «Manchester Siti» klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali O‘zbekiston bilan bog‘liq hamkorlikka ishora qildi. E’lon qilingan postda 2025-yil 19-dekabr sanasi ko‘rsatilgan bo‘lib, shu kuni rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.
Klubning Instagram sahifasiga joylangan postda «O‘zbekiston… tayyormisiz? Ishonchli yangi hamkor yo‘lga chiqmoqda» degan murojaat va 19.12.25 sanasi aks etgan. «Shaharliklar»ning ushbu yurishi «City Football Group» xoldingining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi mumkinligiga ishora bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 19.12.25 sanasidagi raqamlar kombinatsiyasida «Qo‘qon-1912» futbol klubiga yashirin ishora borligini taxmin qilishmoqda. Xususan, sanadagi 19 va 12 raqamlari klub nomidagi tashkil topgan yilga mos kelishi aytilmoqda, bu esa mahalliy klublardan birining xolding tizimiga integratsiya...
BYD kompaniyasi 2025-yilgi Ocean Day tadbirida Ocean seriyasiga mansub yangi flagman modellari — BYD Seal 08 va Sealion 08 krossoverini ilk bor namoyish qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Har ikki model 2026-yilning birinchi choragida rasman taqdim etilishi rejalashtirilgan. Yangi avtomobillar BYD’ning eng so‘nggi texnologiyalari bilan jihozlanadi. Kelgusida ushbu liniya Seal 09 va Sealion 09 modellari bilan kengaytiriladi. Shu tariqa Ocean seriyasida 5678 nomli yangi model qatori shakllantiriladi.
Seal 08 va Sealion 08 modellari 2025-yil aprel oyida Shanxay avtosalonida taqdim etilgan Ocean S kontsepti asosida yaratilgan. Ular Ocean Aesthetic 2.0 dizayn tilining yangi avlodiga mansub bo‘ladi.
Qayd etilishicha, BYD...
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan CSI4 tasnifidagi nufuzli xalqaro konkur musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Qurbonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Bekzod Qurbonov musobaqada o‘zining «Santos Hippica» laqabli tulpori bilan ishtirok etib, to‘siqlarni xatosiz va eng qisqa vaqt ichida bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda jami 91 nafar chavandoz o‘zaro bahs olib bordi.
CSI4 tasnifidagi turnirlar yuqori darajadagi texnik tayyorgarlikni talab etishi va dunyoning yetakchi sportchilari ishtirok etishi bilan ajralib turadi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zbekistonlik tajribali sportchi barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbek chavandozlari Dubaydagi nufuzli...
AQShdagi Braun universitetida sodir bo‘lgan otishma qurbonlaridan biri 18 yoshli talaba MuhammadAziz Umurzoqov bo‘ldi. Washington Post nashri uning oila a’zolari va do‘stlari bilan suhbatlashib, Umurzoqov haqida maqola e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Umurzoqov biokimyo va neyrofanlar yo‘nalishida o‘qigan, kelajakda miya jarrohi bo‘lishni orzu qilgan. Uning o‘limi yaqinlari va do‘stlari uchun og‘ir yo‘qotish bo‘ldi.
«Bu shunchaki adolatsizday tuyuladi, chunki u juda ko‘p harakat qildi va shuncha qiyinchiliklarni boshdan kechirdi-yu, oqibati shunday bo‘ldi», — deydi 22 yoshli Ruxsora Umurzoqova.
U maktabda a’lochi bo‘lgan, turli intellektual musobaqalarda qatnashgan. Bolaligida bosh miyasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani uning shifokor, ayniqsa...
Braziliyaning Guayba shahrida kuchli bo‘ron va shamol tufayli Ozodlik haykalining nusxasi qulab tushdi. Bu haqda G1 xabar bermoqda.
Mintaqa Fuqaro muhofazasi xizmati shamol tezligi soatiga 90 kmdan oshishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Aholining uyali telefonlariga favqulodda xavf va jiddiy ofat ehtimoli haqida maxsus xabar yuborilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hudud zudlik bilan o‘rab olingan bo‘lib, kompaniya mutaxassislari vayronalarni tozalash ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Haykalning umumiy balandligi 35 metrni tashkil etgan bo‘lib, shamol ta’sirida uning 24 metrlik asosiy qismi qulab tushgan. Ushbu konstruksiya 2020-yilda o‘rnatilgan edi.
Kuchli yog‘ingarchilik va bo‘ron shtatning boshqa hududlariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, Tio-ugo shahrida do‘l...
Yangi avtomobil sotib olgandan keyin ko‘pincha uning narxi pasayadi. Aksariyat modellar esa oradan bir necha yil o‘tgach, bozorda xaridorgirligini yo‘qotishi tabiiy. Gobankingrates mutaxassislari avtomobilni qayta sotishda qanday muammolar yuzaga kelishi haqida ekspertlar fikrlarini taqdim etdi.
Mutaxassislarga ko‘ra, yonilg‘i sarfi yuqori va faqat benzin dvigateliga ega avtomobillar tezroq arzonlashadi. Elektromobillarga qiziqish ortib borayotgani va yonilg‘i narxlarining oshishi bunday mashinalarni ikkilamchi bozorda kamroq jozibador qiladi.
Ishonchlilik va brend obro‘si ham muhim omil hisoblanadi. Nosozliklari bilan tanilgan yoki ishonchliligi past modellarga talab kam bo‘ladi. Yaxshi obro‘ga ega ishlab chiqaruvchilarning avtomobillari esa narxini uzoqroq saqlab qoladi.
Texnologiyalarning eskirishi ham katta rol o‘ynaydi. Zamonaviy...
Markaziy bank oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda talabalar o‘rtasida CBU Challenge tanlovini o‘tkazishini ma’lum qildi.
Tanlovning asosiy maqsadi talabalarning iqtisodiyot va moliya bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va pul-kredit siyosati yuzasidan qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, moliyaviy savodxonlik, muloqot va jamoada ishlash qobiliyatlarini oshirishdan iborat.
Tanlovda iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriatning 3-4-bosqich talabalari hamda magistrantlar ishtirok etishi mumkin. Jamoalar 4-5 nafar talaba va bir nafar maslahatchi o‘qituvchidan iborat bo‘ladi.
CBU Challenge ikki bosqichda o‘tkaziladi. Saralash bosqichida ishtirokchilar joriy iqtisodiy sharoit bo‘yicha tahliliy taqdimot tayyorlaydi. Yakuniy bosqichda esa pul-kredit siyosati tahlil etilib, asosiy stavka bo‘yicha...
2025-yil noyabr oyida taksi xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, taksida yo‘l haqi narxlari yil boshidan buyon yetti foizga oshgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa narxlar 12,2 foizga ko‘tarilgani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi ilovasini ishga tushirgani xabar qilingandi. Ilova Play Market va App Store’da O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun mavjud.
Shuningdek, O‘zbekistonda Yandex Go, Uklon va MyTaxi taksi xizmatlari ham faoliyat yuritadi.