Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim eski avtomobillar kuzovdagi zaif lok-bo‘yoq qatlami sabab tez zanglayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda kuzov ta’miri bilan shug‘ullanuvchi Fit Service tarmog‘i direktori Yaroslav Kukarin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muammo asosan 2010-yillar boshida chiqarilgan modellarga taalluqli.
Ekspert eng muammoli avtomobillar qatorida Geely Emgrand X7 modelini tilga oldi. Ushbu krossoverlarda zavod kuzovni yetarli darajada sink bilan qoplamagan va choklarni himoyalash sust bo‘lgan. 10 – 12 yil ichida eshik va g‘ildirak arkalarida chuqur zang paydo bo‘ladi. Ko‘plab mashinalar aynan shu sababli arzon narxda sotilmoqda.
Shuningdek, dastlabki avlod Chery Tiggo 4, Chery Tiggo 7 va Chery Tiggo 8 modellari...