Honor kompaniyasi Honor Magic 8 Pro flagmanini Yevropa bozoriga chiqarishga tayyorlanmoqda. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
Smartfon Xitoyda kuzda taqdim etilgan va noyabr oyida Malayziyada savdoga chiqqan edi. Oldindan buyurtmalar Bolgariyada 15-yanvardan qabul qilina boshlaydi. Narxi 1100 yevro etib belgilangan. 29-yanvardan sotuv boshlangach narx 1299 yevroga oshadi. Ushbu summa evaziga xaridor 12 GB operativ va 512 GB ichki xotirali versiyani oladi. Ranglar – qora va oltin.
Magic 8 Pro Honor Care+ xizmati bilan yetkaziladi. Bu ekran shikastlanganda uni 50 yevro to‘lab bir marta almashtirish imkonini beradi.
Smartfon 6,71 dyuymli LTPO OLED ekranga ega bo‘lib, 120 Hz yangilanish tezligi...