Zeekr Malaysia rahbari Eddi Lu kompaniya 2026-yilda bir vaqtning o‘zida uchta yangi modelni taqdim etishini ma’lum qildi. Bu haqda u Xitoy Yangi yili munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda e’lon qildi, deb yozgan Tarantas News.
Unga ko‘ra, eng asosiy yangilik Zeekr 9X flagman gibrid modeli. U 2,0 litrli benzin dvigateli bilan jihozlanadi. Dvigatel quvvati taxminan 279 ot kuchini tashkil etadi. Modelning asosiy ustunligi esa kuchli elektr tizimidir. Elektr motorlarining umumiy quvvati 1400 ot kuchiga yetadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka atigi 3,1 soniyada chiqadi.
Shuningdek, kompaniya Zeekr 009 minivenining yangilangan versiyasini ham taqdim etadi. Yangi model Zeekr Grand 009 nomini...