Yangiliklar
Honor kompaniyasi arzon narxdagi yangi Pad X8 planshetini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Planshet 11 dyuymli ekranga ega. Panel 1920×1200 piksel o‘lchamga ega va 90 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa rasm va video ko‘rish tajribasini silliq qiladi.
Qurilmaning ichki ishlashi Snapdragon 680 protsessori asosida tashkil etilgan, lekin u 5G’ni qo‘llab-quvvatlamaydi. Pad X8 modeli 4 GB operativ va 128 GB doimiy xotira bilan jihozlangan.
Boshqa texnik xususiyatlar qatorida 5 megapikselli kamera, 7,5 mm qalinlikdagi metall korpus, to‘rt nafar dinamik, bolalar rejimi, 496 gramm og‘irlik va Android 16 tizimi ustida ishlaydigan MagicOS 10 interfeysi mavjud.
Qurilma...
Ilon Mask xAI kompaniyasida ro‘y berayotgan yirik o‘zgarishlar va asoschilarning ketishi bo‘yicha bayonot berdi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.
Shu haftada yana ikki nafar hammuassisning jamoani tark etishi bilan kompaniyaning dastlabki 12 nafar asoschisidan roppa-rosa yarmi – 6 nafari ishdan ketdi.
Mask xodimlarning ketishini ularning malakasi bilan emas, balki kompaniyaning o‘sish sur’ati bilan bog‘ladi. Uning ta’kidlashicha, xAI hozirda yangi bosqichga o‘tmoqda va ba’zi mutaxassislar startapning ilk davri uchun juda mos bo‘lsa-da, kompaniya kengaygan sari yangi tuzilmaga moslashishi qiyin kechishi mumkin.
Keyinchalik Mask ushbu ketishlar ixtiyoriy emas, balki rejalashtirilgan «tozalash» ekanini tasdiqladi. Ish sur’atini oshirish maqsadida kompaniya...
Meta o‘zining aqlli ko‘zoynaklariga yuzni tanish funksiyasini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Name Tag deb nomlanuvchi ushbu funksiya foydalanuvchilarga ko‘zoynak orqali qarshisidagi insonlarni aniqlash va Meta AI assistenti yordamida ular haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Ichki hujjatlarga ko‘ra, Meta dastlab ushbu funksiyani ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan konferensiya ishtirokchilari orasida sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan, biroq keyinchalik bu niyatidan qaytgan.
Meta AQShdagi hozirgi siyosiy vaziyatni ushbu funksiyani ishga tushirish uchun qulay fursat deb hisoblamoqda. Hujjatlarga ko‘ra, siyosiy jarayonlar faol kechayotgan bir paytda, Meta’ni tanqid qilishi kutilgan fuqarolik jamiyati guruhlarining e’tibori boshqa muhimroq masalalarga qaratilgan...
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil yanvar oyida bank-moliya tizimi barqarorligini ta’minlash va qonunchilik ijrosini nazorat qilishga doir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqdi. Bu haqda regulyator rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Oltita yig‘ilish davomida jami 27 ta masala o‘rganilib, ularning 17 tasi kredit va to‘lov tashkilotlarini ro‘yxatga olish hamda ruxsat berish yo‘nalishiga tegishli bo‘ldi. Xususan, kredit tashkilotlari ustavini o‘zgartirish, ulushlarga egalik qilish va rahbar xodimlar nomzodini tasdiqlash bilan bog‘liq qarorlar qabul qilindi.
Shu bilan birga, mikromoliya bozori va to‘lov tizimlari tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi. «Baraka Biznes Hamkor» va «Effective Money» mikromoliya tashkilotlari, shuningdek, «IT Unisoft Group» to‘lov tashkiloti o‘z...
Apple kompaniyasining kutilayotgan yangiligi — iPhone 17e haqida batafsil ma’lumotlar ochiqlandi. Ushbu qurilma kompaniyaning hozirgi mahsulotlari qatoridagi eng arzon model bo‘lishi kutilmoqda.
Asosiy xususiyatlar va narxi
Smartfonning rasmiy taqdimoti 19-fevral kuni bo‘’lib o‘tishi, boshlang‘ich narxi esa $600 atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Hamyonbop model bo‘lishiga qaramay, u ancha kuchli texnik ko‘rsatkichlarga ega:
Protsessor: Flagman darajasidagi Apple A19 (SoC). Xotira: 8 GB tezkor xotira. Ekran: 6,1 dyuymli displey, 60 Gts yangilanish chastotasi bilan. Kamera: 48 Mp asosiy va 18 Mp old kamera. Akkumulyator: 4000 mAch sig‘im va yuqori energiya tejamkorligi. Ranglar: An’anaviy qora va oq ranglardan tashqari, yangi lavanda...Dizayn jamoasi a’zosi, iste’dodli yumorist Dilshodbek Musabekov 51 yoshida vafot etdi. Buni hamkasbi Ulug‘bek Xolmedov Instagram sahifasida joylagan xabari orqali tasdiqladi.
Dilshodbek Musabekov 1975-yil 13-iyul kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Dizayn jamoasidagi chiqishlari, samimiy hazillari va qator filmlarda o‘ynagan bir qancha rollari orqali muxlislari qalbidan joy olgan edi. Uning o‘limi nafaqat oilasi va yaqinlari, balki o‘zbek san’ati uchun ham katta judolik bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIM bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichda qolmoqda.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tgan yili aholi jon boshiga YIM $3,7 mingni tashkil qildi. Bu bilan mamlakat mintaqa mamlakatlari orasida 3-o‘rinda qayd etilgan. Yuqori o‘rinda Qozog‘iston bo‘lib, respublikada YIM $14,7 mingga teng. Ikkinchi o‘rinda esa Turkmaniston keltirilgan ($10,8 ming). Qirg‘iziston va Tojikiston esa mos ravishda $2,8 ming va $1,6 ming bilan oxirgi pog‘onalarni band qilgan.
Mintaqadagi mamlakatlarning milliy statistika idoralariga ko‘ra (Turkmanistonniki XVJ ma’lumotlari asosida tuzilgan), Qozog‘istonning yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda birinchi marta $300 milliarddan oshdi. Keyingi o‘rinda O‘zbekiston bor, uning nominal...
2026-yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 28,6 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bitimlar soni qariyb 12 foizga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumot berdi.
Ko‘chmas mulk bozorining qariyb uchdan bir qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, savdolar hajmi 33,4 foizga oshdi. Bu esa respublikaning barcha hududlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Shuningdek, Samarqand (26 foiz) va Sirdaryo (24 foiz) viloyatlarida ham bitimlar sonining sezilarli o‘sishi qayd etildi.
Ikkilamchi uy-joy bozori
Yanvarda ikkilamchi uy-joy bozorida 1 kv. metr uchun o‘rtacha narx bir oyda 0,9 foizga oshdi, o‘tgan yilning mos davriga...
Ramazon oyida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari faoliyat yuritadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Endi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markazining har bir hududiy boshqarmada 2 nafardan vakili bo‘ladi. Ular har haftada tuman va shaharlardagi bozorlarni tahlil qilib, qaysi mahsulotga qancha ehtiyoj borligini va kelgusi bir oy, uch oy hamda bir yil ichida talab qanday o‘zgarishini prognoz qiladi.
Shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va omborlardagi zaxiralar talabni qanchalik qoplay olishi o‘rganiladi. Yetishmaydigan qismi qaysi manbalar hisobidan ta’minlanishi bo‘yicha har chorakda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari balansi tuziladi.
«Keyingi haftadan muborak Ramazon oyi boshlanadi. Saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi...
O‘zbekiston 2026-yilda ishlab chiqarishni kamida 15 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Prezident ichki bozordagi talab bilan yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlab bo‘lmasligini ta’kidladi. Shu bois, bu yil vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning asosiy vazifasi yangi mahsulotlar bilan yangi bozorlarga chiqish bo‘lishi belgilandi.
O‘tgan yili eksport 22 foizga o‘sib, $24 mlrdga yetdi. Biroq ayrim rahbarlar eksportda eski ish uslubidan voz kecha olmayotgani qayd etildi. Masalan, to‘qimachilik mahsulotlari 76 ta davlatga yetkazilayotgan bo‘lsa-da, eksportning 80 foizi atigi 6 ta davlat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Tarmoq rahbarlariga bu yil keskin o‘zgarish qilib, ishlab chiqarishni kamida 15 foizga oshirish, Yevropa, AQSh va...
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi korxonalarning ishlab chiqarish quvvati, texnik ko‘rsatkichlari va sertifikatlarini jamlovchi yangi platformani ishga tushiradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi platformaga tarmoq rahbarlari va hududiy sanoat shtablari tomonidan har bir korxonaning mahsuloti nomma-nom, texnik xususiyatlari bilan birga kiritiladi. Davlat kompaniyalari import qilayotgan tovarlar hajmi va ularning texnik parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har oyda ushbu portalda e’lon qilib boriladi. Bu mahalliy mahsulot mavjud bo‘lgan taqdirda, asossiz import xaridlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Sanoatni rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy konsultantlar jalb qilinib, import xomashyo va butlovchi qismlarni mamlakat ichida ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, xalqaro...
Xitoyda Audi E7X avtomobilining ommaviy ishlab chiqariladigan versiyasi rasman namoyish etildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda. Model sovuq iqlim sharoitidagi sinovlar vaqtida ko‘rsatilgan.
Audi E7X – Audi va SAIC Motor hamkorligidagi qo‘shma brend mahsuloti. Mazkur brend faqat Xitoy bozori uchun avtomobillar ishlab chiqaradi. U an’anaviy to‘rt halqali Audi logotipidan voz kechgan va oddiy yozuv shaklidagi «Audi» belgisi bilan taqdim etiladi. O‘tgan yili brend ilk modeli – Audi E5 Sportbackni chiqargan edi. Biroq model 2025-yilda atigi 6,6 ming dona sotilib, kutilgan natijani bermagan.
Texnik xususiyatlari
Audi E7X o‘lchamlari 5049/1997/1710 mm ni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 3060 mm. Model...
Avtomobil egalari ko‘pincha mashina buzilgandan keyingina servisga boradi. Aslida esa ko‘plab nosozliklarning oldini vaqtida ehtiyot qismlarni almashtirish orqali olish mumkin. Har bir detalning o‘z xizmat muddati bor. Ularni kechiktirib almashtirish esa qimmat ta’mirga olib keladi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida avtomobilda ehtiyot qismlarni qachon almashtirish bo‘yicha so‘z boradi.
Maqolada quyidagilar haqida so‘z boradi:
Dvigatel moyi va filtrlari Tormoz tizimi Shinalar GRM Akkumulyator va suyuqliklar Rezina elementlar va ko‘rikDvigatel moyi va filtrlari
Dvigatel moyi ishlash jarayonida qiziydi va ifloslanadi. Vaqt o‘tishi bilan u yog‘lash xossasini...
So‘nggi kunlarda AQSh valyutasi turlicha dinamiklarni ko‘rsatmoqda. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishi haqida so‘z boradi.
9-fevral kuni dollar 23,68 so‘mga qimmatlab, 12 303,16 so‘mga yetgan. 10-fevral kuni ham kurs ko‘tarilib, yana 17,18 so‘m qo‘shilgan va 12 320,34 so‘mni tashkil qilgan.
11-fevraldan boshlab pasayish boshlandi. O‘sha kuni dollar 10,35 so‘mga tushib, 12 309,99 so‘m bo‘lgan. 12-fevral kuni pasayish davom etib, 22,68 so‘mga arzonlagan va 12 287,31 so‘m darajasiga tushgan.
13-fevral kuni yana 11,73 so‘mlik pasayish qayd etilib, kurs 12 275,58 so‘mni tashkil qilgan. Rasmiy kurs 16-fevral kuni 54,6 so‘mga tushib, 12 220,98 so‘mga yetadi.
Dollar...
Rossiyada GAZ-24 bazasida yaratilgan noyob «Volga KGB» restomod avtomobili sotuvga chiqarildi. Loyiha 1969-yilgi «Volga» asosida tayyorlangan.
Avtomobil DSC OFF va GoshaTurboTech jamoalari tomonidan qayta ishlangan. Kuzov mustahkamlangan va to‘liq yangilangan. Kapoti ostiga Toyota 2JZ-GTE dvigateli o‘rnatilgan. U maxsus qismlar va Garrett turbina bilan jihozlangan. Quvvati boshqaruv moduliga qarab 450 dan 700 ot kuchigacha yetadi.
Mashina Toyota R154 mexanik uzatmasi va blokirovkali differensial bilan ta’minlangan. Osma qismi Toyota Mark II agregatlari asosida qurilgan. Tormoz tizimi HP-Brakes tomonidan maxsus tayyorlangan. Avtomobilning maksimal tezligi 250 km/soatdan yuqori.
Salon sport o‘rindiqlar, xavfsizlik karkasi, yong‘inga qarshi tizim va karbon bezaklar bilan jihozlangan.
Mazkur restomodning...
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda tarmoq rahbarlari mahalliy xomashyodan tayyor mahsulot yaratish haqida doim bosh qotirishi kerakligi qayd etildi. Bunda xomashyoni chuqur qayta ishlash iqtisodiyot uchun qo‘shimcha qiymat yaratadi.
Masalan, oltinni qayta ishlash uchun yaratilgan sharoitlar natijasida zargarlik sanoatida o‘tgan yili 3,3 barobar o‘sish qayd etildi. Natijada 13 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Joriy yilda esa mazkur ko‘rsatkichni yana 1,3 barobar oshirish reja qilingan.
Elektrotexnika sohasida yiliga 160 ming tonna misni chuqur qayta ishlash quvvati mavjud. Biroq o‘tgan yili korxonalarga atigi 92 ming tonna mis yetkazib berilgan. Shu bois qazib olish hajmini va rudadan olinadigan mis ulushini ko‘paytirish zarurligi...
13 – 15-fevral kunlari O‘zbekistonda havo harorati sezilarli darajada ko‘tarilishi va yakshanba kuni 22 darajagacha iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xizmati xabar bermoqda.
14-fevral, shanba kuni yog‘ingarchilik sharqqa siljiydi va kechasi hamda ertalab markaziy hamda sharqiy viloyatlarda yomg‘ir saqlanib qoladi. Dam olish kunlarining qolgan qismida respublika bo‘ylab quruq ob-havo o‘rnatilishi kutilmoqda.
Havo harorati bosqichma-bosqich ko‘tarilib yakshanba kuni 17–22 darajagacha yetadi. Kechasi harorat 5–10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shamol tezligi 7–12 m/s oralig‘ida esadi va ayrim hududlarga tuman tushishi mumkin.
Shanba kunidan boshlab poytaxtda yog‘ingarchilik to‘xtaydi va yakshanba kuni havo 20 darajagacha isiydi. Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda...
2026-yilda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb etish rejalashtirilgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi. Xomashyo va energiya resurslaridan samarali foydalanish, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish hamda mehnat unumdorligini oshirish asosiy vazifa etib belgilandi.
Ayrim rahbarlar investitsiya hisobidan eksportni ko‘paytirish o‘rniga ichki bozor to‘lgan mahsulotlarni taklif qilayotgani qayd etildi. Masalan, Uchqo‘rg‘on tumanida $40 mlnlik ikkita ip-kalava zavodi qurish taklif etilgan. Holbuki, Namanganda yiliga 110 ming tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan 24 ta korxona bor. Bu viloyatda yetishtiriladigan paxta tolasidan 1,5 barobar ko‘p hajmni tashkil qiladi.
Ohangaron tumanida 35 ming tonna bazalt plitalari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Biroq respublika bo‘yicha...
Prezident Shavkat Mirziyoyev tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisi Akbar Sultonovni lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berdi.
Davlat rahbari uyushma rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tushib ishlamaganini tanqid qildi. Prezident matbuot kotibining yozishicha, O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqaradigan 972 ta korxonadan 378 tasi faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, yana 120 tasi quvvatini yarmidan ham foydalanmayapti. Qolip, bog‘ich, furnitura bo‘yicha haligacha importga bog‘liqlik bor.
Oqibatda 2025-yilda eksport bo‘yicha va’da qilgan $250 millionning 40 foizi ham ta’minlangani yo‘q. Uyushmaning bu yilgi ishlab chiqarish va eksport rejasi ham qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi. Shu...
Bosh prokuraturaga past quvvatda ishlayotgan loyihalarni o‘rganish topshirildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar hajmi oshayotgani, biroq ayrim hududlarda bu mablag‘larning iqtisodiy o‘sishga, yangi ish o‘rinlariga va budjet tushumlariga ta’siri yetarli darajada bo‘lmayotgani qayd etildi. Masalan, Tuproqqal’a, Kitob, Yakkabog‘ va Paxtachi tumanlarida ajratilgan kreditlar kamida 20 foizga oshgan. Shunga qaramay, sanoat o‘sishi 3 foizga ham yetmagan.
Qayd etilishicha, agar viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari korxonalar muammolarini vaqtida eshitib, tezkor yechim topganida, respublika sanoati qo‘shimcha 1 foizga, yalpi ichki mahsulot esa 0,1 foizga o‘sishi mumkin edi. Natijada budjetga qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum kelib tushardi.
Shu sababli...
16-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 54,6 so‘mga tushib, 12 220,98 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
8-fevral kuni dollarning qiymati 13,71 so‘mga oshib, 12 279,48 so‘mga yetdi. Dollar o‘sishda davom etib, 9-fevral kuni 12 303,16 so‘mni (+23,68 so‘m) tashkil qildi. 10-fevral kuni esa 17,18 so‘mga oshib, 12 320,34 so‘mga yetgandi. 11-fevral kuni dollar 10,35 so‘mga tushib, 12 309,99 so‘mni, 12-ferval kuni esa 22,68 so‘mga tushib, 12 287,31 so‘mni tashkil etdi. 13-fevral uchun dollar 11,73 so‘mga tushib, 12 275,58 so‘mga yetgandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 96,68 so‘mga tushib...
O‘zbekiston prezidenti mutasaddilarga mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun xomashyo importiga belgilangan bojlarni to‘liq qayta ko‘rib chiqish vazifasini yukladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Elektrotexnika korxonalari o‘tgan yili 27 mlrd so‘mlik imtiyozdan foydalanishi natijasida eksport hajmini $83 mlnga, budjetga tushumlarni esa 46 mlrd so‘mga oshirishga erishgan. Ushbu korxonalar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan alyumin katankani import qilishda boj imtiyozi muddatini uzaytirish bo‘yicha taklif kiritgan.
Xuddi shunday, zargarlik sanoati uchun qimmatbaho toshlar, metallurgiya uchun maxsus bo‘yoqlar va oziq-ovqat korxonalari foydalanadigan sitrus konsentratlariga ham bojlar belgilangani qayd etildi.
Tahlillarga ko‘ra, xomashyo ta’minotidagi yengilliklar sohalar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, gilam ishlab chiqaruvchilar uchun...
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2026-yil uchun 6,6 foizli iqtisodiy o‘sish va yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Yig‘ilishda qayd etilishicha, iqtisodiyotga energiya tejamkor texnologiyalar va yuqori qo‘shilgan qiymatli loyihalar joriy etilishi hisobiga energiya xarajatlari 15 foizga qisqardi.
Prezident ushbu rejani mavjud iqtisodiy tebranishlarni inobatga olgan holda shakllantirilgan prognoz deb baholadi. Davlat rahbari prognoz qilingan ko‘rsatkichlar joriy murakkab global sharoitdan kelib chiqqan holda belgilanganini ta’kidladi.
«Biz 2026-yilda 6,6 foizli iqtisodiy o‘sish qilib, yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkazishni prognoz qilgan edik...