Avvalroq Istanbulda o‘zbekistonlik fuqaro Durdona Xakimovaning fojiali o‘limi ortidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan Sayyora Ergashalievaning vafot etgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u marhuma bilan yaqin dugona bo‘lgan. Tergov jarayonida qo‘lga olingan gumonlanuvchilar ushbu fuqaro haqida ko‘rsatma berishdan bosh tortgani qayd etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 22-yanvar kuni marhumalar va gumonlanuvchilar Istanbul shahrining Fotih tumanidagi restoranlardan birida birga tushlik qilgan. S.Ergashalieva va G.K. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Taxminlarga ko‘ra, mojaro S.Ergashalievaning O‘zbekistonga qaytish niyati bilan bog‘liq masalada kelib chiqqan.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 23-yanvar kuni gumonlanuvchilar o‘zaro til biriktirib, S.Ergashalievani o‘ldirgan. Ertasi kuni uning telefonidan foydalanib...