AQSh Davlat departamenti 6-noyabr kuni Vashingtonda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarning tafsilotlarini e’lon qildi.
Bayonotda aytilishicha, ikki davlat hukumati iqtisodiyot, xavfsizlik va gumanitar sohalarda keng ko‘lamli hamkorlikni mustahkamlash ustida ishlamoqda. Bu esa ikki mamlakatning barqarorligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan.
Tramp AQShni muhim minerallar bilan ta’minlash va energetik hamkorlikni kengaytirishga yo‘naltirilgan kelishuvlarni olqishlagan.
Kelishuvlar doirasida quyidagi yo‘nalishlar belgilandi:
AQShga O‘zbekiston hududida birgalikda ishlab chiqiladigan foydali qazilmalar konlariga birinchi navbatda kirish huquqi beriladi, shuningdek, muhim minerallar zaxiralari xaritalari bo‘yicha ma’lumot almashiladi. AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida muhim minerallar hamda kamyob yer...