O‘zbekistonda Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish 2025-yilning yanvar – noyabr oylarida o‘tgan yildagiga nisbatan 1,1 foizga kamaydi. Ya’ni bir yil avvalgi 149,8 ming donaga nisbatan 148,1 ming donani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Mamlakatda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 2025-yilning yanvar – noyabr oylarida 419,3 ming donani tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilning shu davrida 385,1 ming dona bo‘lgan. Maxsus avtomobillar ishlab chiqarish esa 23 mingdan 49,4 ming donaga yetdi.
Yil davomida Tracker ishlab chiqarish 40,7 mingtadan 47,8 mingtagacha, KIA esa 19,3 mingtadan 24,5 mingtagacha oshdi. Shuningdek, Chery – 6,3 mingtadan 8,6 mingtagacha, Haval – 2,5 mingtadan 8,9 mingtagacha...