Joriy yil avgust oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga pasayib, 13 foizni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, sezilgan inflyatsiya darajasining yuqori ko‘rsatkichi Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida (13,7-14,4%) qayd etilgan bo‘lsa, past sezilgan inflyatsiya darajasi Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlarida (11,8-12,1%) kuzatildi.
So‘rovnomaga ko‘ra, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari sezilarli darajada oshdi deb hisoblovchilar ulushi bir oy ichida 1 foiz bandga pasayib, 57 foizga yetdi.
Kiyim va poyabzal narxi oshganini sezganlar ulushi esa 7 foiz bandga oshib, 19 foizini tashkil etdi. Shuningdek, tuxum (+7), guruch (+2), ijara...