Oppo budjet toifasidagi Oppo K13x 5G smartfoni uchun ikki yangi rang variantini e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Mist White rangi cheklangan seriyada ishlab chiqariladi. Ushbu rang nafis ko‘rinish beradi. Breeze Blue rangli versiyasi esa avvalgi K12x 5G modelida 1,7 mln foydalanuvchi orasida mashhurlikka erishgan. Ushbu rang endi K13x 5G‘da ham taqdim etilmoqda.
Oppo K13x 5G 6,67 dyuymli HD+ LCD displeyga ega. Model 120 Hz yangilanish tezligi va 1000 nit yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma MediaTek Dimensity 6300 protsessorida ishlaydi va 4 GB, 6 GB yoki 8 GB tezkor xotira hamda 128 GB doimiy xotira bilan taqdim...